Serbiya prezidentining o‘g‘li koronavirus bilan kasallandi
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchichning to‘ng‘ich o‘g‘li — Danilo Vuchich koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda prezidentning o‘zi «Instagram»da xabar berdi.
Prezident Vuchichning aytishicha, to‘ng‘ich o‘g‘li Danilo, hali hammasi boshlanganida, aslo taslim bo‘lmoqchi emasligini bildirgan. Hozir uning holati shundayki, infeksion kasalxonaga yotqizish zarurati tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun: ayni paytga kelib, Serbiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 2666 ta holat aniqlangan, vafot etganlar — 65 nafar, sog‘ayib ketganlar — 118 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter