Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etildi

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etildi

Foto: Xabar.uz

Hukumat farmoyishi bilan (213-f-son, 22.04.2020-y.) «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mazkur farmoyish bilan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Jamg‘arma va uning bo‘linmalari «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda uning hududiy bo‘linmalari huzurida ochilib, ular yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Jamg‘arma mablag‘lari homiylik va xayriya mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi.

Jamg‘arma va uning bo‘linmalariga mablag‘larning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring