Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatilishi bo‘yicha ma’lumot berildi

Sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatilishi bo‘yicha ma’lumot berildi

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unda ayrim muhim savollarga javob berildi. 

Menda koronavirus simptomlari yo‘q, lekin men kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘ldim. Hududiy SESga bepul analiz topshirishim mumkinmi?

Avvalambor kasallangan bemorlar bilan muloqotdan saqlanish lozim, ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqobda bo‘lish va antiseptiklardan foydalanish tavsiya etiladi.

Muloqot sodir bo‘lganda hududiy poliklinikaga murojaat qilib, shifokor tavsiyasiga binoan yo‘llanma olinadi va hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga bepul test topshirish mumkin.

Dezinfeksiya tunnellari o‘rniga teri uchun qulay antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatilishi haqida xabar berilgan edi. Shu qachondan amaliyotda qo‘llanadi?

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, dezinfeksiya tunellardan foydalanish tavsiya etilmagan.

Karantin choralari susaytirilgani bilan, barcha tadbirkorlik sub’yektlari, bozorlarda sanitayzer-dispenserlar ta’minlanishi shartligi belgilangan.

Bunda ma’sul shaxslar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni ushbu qurilma yoki kirish-chiqish joylariga ma’sul fuqarolarni belgilab, antiseptik vositalar va termometriya uchun teplovizor yoki pirometrlari bilan ta’minlashlari zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring