San-Fransisko aholisiga uydan chiqish taqiqlandi
San-Fransisko hukumati Kaliforniya va San-Xose, Berkli va Oklend shaharlarida dushanba kuni keskin karantin choralarini e’lon qildi. Bu taxminan 7 million kishi istiqomat qiladigan hududlarga taalluqli, deya xabar berdi «Assoshieyted Press» agentligi.
Megapolisning yetti okrug aholisiga ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Oziq-ovqat, dori-darmon olgani chiqish bundan mustasno.
«Hatto qo‘shimcha soatlarda ham kutishimizni tarix kechirib o‘tirmaydi», — deydi San-Xose meri Sem Likkardo.
Shuningdek, Kaliforniya janubida aholisi 13 million kishini tashkil etadigan San-Diyego va Los-Anjeles shaharlarida restoranlar yopib qo‘yildi. Taomlar faqat xonadonlarga yetkazib beriladi.
AQShda koronavirus bo‘yicha qariyb 4,6 mingta holat qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter