Samarqandda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin oshdi
2020-yil 22-aprel soat 11:30 holatiga, Samarqandda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.
COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan ushbu bemorlar karantinga olinganlar hisobiga bo‘lib, 53 nafari erkak, 26 nafari ayollar. Shundan 4 nafari voyaga yetmaganlar.
Ayni paytda viloyatda karantinga olinganlar 3975 nafar bo‘lib, shundan 657 nafari statsionar sharoitda tibbiy nazorat ostidagilardir.
Avvalroq viloyatda aniqlangan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan 325 nafar fuqaro nazoratga olingani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter