Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandda virus tarqalishi cho‘qqisidan o‘tdi» — taqsimlash markazi bosh shifokori

«Samarqandda virus tarqalishi cho‘qqisidan o‘tdi» — taqsimlash markazi bosh shifokori

Illyustrativ foto

Samarqand shahridagi koronavirus xastaligiga gumon qilingan hamda tasdiqlangan bemorlarni taqsimlash markazi bosh shifokori Abdulla Abiyev viloyatda virus tarqalishining cho‘qqisi ortda qolganini «Zarnews.uz» muxbiriga ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda davolash va taqsimlash markazida COVID-19 kasalligiga chalingan va shu kasallikka gumon qilingan 600 nafardan ortiq bemor davolanmoqda. Ayni paytda markazga Samarqand shahri, Past Darg‘om, Samarqand, Jomboy, Payariq va Oqdaryo tumanlaridan boshqa hududlarga nisbatdan ko‘proq bemor kelmoqda.

Abdulla Abiyev keyingi 4-5 kunda bemorlar soni kamayayotgani, jumladan og‘ir bemorlar soni ham oldingiga nisbatan ancha kamligini bildirgan.

«Bemorlar kelishi va umumiy statistikaga asoslanib aytish mumkinki, Samarqand virus tarqalishining cho‘qqi nuqtasidan o‘tdi. Ammo dunyo tajribasidan ko‘rinib turibdiki, xastalik vaqti-vaqti bilan avj olishi holatlari ham kuzatilmoqda. Shuning uchun virus kelib chiqishi bilan bog‘liq sanitariya qoidalariga e’tiborsiz bo‘lishga haqqimiz yo‘q», — deydi taqsimlash markazi bosh shifokori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring