Rus vaksinasining asosiy kamchiligi nimada — «Sputnik V»
Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish texnologik jihatdan murakkab. Bu haqda RF SSV Sechenov universitetining Translyasion tibbiyot va biotexnologiyalar institituti direktori Vadim Tarasov ma’lum qildi.
Tarasovga ko‘ra, klinik sinovlar «Sputnik V»ning samarali va xavfsizligini ko‘rsatdi. Biroq kamchiligi ham yo‘q emas: uni ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar kerak, vaksinaning ikki komponentli tarkibi (ikki qadoqli) shuni talab qilmoqda.
Texnologik murakkabligi vaksinani qisqa muddatda keng hajmda ishlab chiqarish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin, deydi Tarasov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter