Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada koronavirusni davolash uchun preparat taqdim etildi

Rossiyada koronavirusni davolash uchun preparat taqdim etildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun mefloxin preparati asosida yaratilgan preparatni taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Farmzaщita» ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va fransuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.

«Yuqori selektivlikka ega preparat koronavirusning hujayralarda tarqalish ta’sirini bloklaydi va ko‘payishini oldini oladi, mefloxinning immunosupressiv harakati esa virus tufayli javoban kelib chiqadigan yallig‘lanish holati faollashuviga to‘sqinlik qiladi. Maklorid antibiotiklar va sintetik penitsillinlarning qo‘shilishi ikkilamchi bakterial-virus sindromi shakllanishiga to‘sqinlik qilibgina qolmay, balki qonda va o‘pkada virusga qarshi vositaning konsentratsiya darajasini oshirish imkonini beradi», – dedi Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova.

Ishlanmani Sog‘liqni saqlash tavsiyalari ro‘yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring