Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi

Rossiya vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi

Bugun tunda O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yurtimizda Rossiyaning N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» ommaviy foydalanish uchun sertifikatlangan va tasdiqlangan. Uni sertifikatlash jarayoni ishlab chiqaruvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlangandi.

Shuningdek, yaqin kunlarda mamlakatimizga o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalari yetkazib berilishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda vaksinalarni barcha hududlarga teng taqsimlash tizimi joriy qilingan bo‘lib, birinchi navbatda xavf ostida bo‘lgan fuqarolar emlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring