Rossiya vaksinasi Toshkentga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasining sanoat va savdo vazirligi xabariga ko‘ra, koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi Toshkentga olib kelindi.
Vaksinani shaxsan vazir Denis Manturov olib kelgan.
«Sputnik V» jahonda ilk bor yaratilgan koronavirus vaksinasi sanaladi. Uning narxi 10 dollarni tashkil qiladi.
Koronavirusdan himoyalanish uchun eng qimmat dorini AQShning «Moderna» kompaniyasi taqdim etyapti: mRNA-1273 vaksinasining bitta dozasini olish — 37 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter