Rossiya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha Germaniya va Fransiyadan o‘tib ketdi

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri eng yirik sutkalik o‘sish qayd etildi — 11 231 nafar!
Mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 177 160 nafarga yetdi va bu borada nafaqat Germaniya (168 162), balki Fransiya (174 191) ham ortda qoldi.
Rossiya endi koronavirus qayd etilishlari bo‘yicha dunyoning 5-mamlakatiga aylandi va katta ehtimol bilan, bu joyida ham uzoq qolmaydi...
177 160 nafar — bu juda ko‘p, butun dunyoni vahimaga solgan Xitoy (82 885)da buning yarmi ham qayd etilmagan!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter