Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aqlli niqob» dasturchilari «Covid-19 Challenge 2020» g‘olibi bo‘ldi

«Aqlli niqob» dasturchilari «Covid-19 Challenge 2020» g‘olibi bo‘ldi

Foto: Inha universiteti

Avvalroq Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurakhmanova «Aqlli niqob»ni yaratganlari haqida xabar bergan edik.

Ular o‘z dasturlarini «Covid-19 Challenge 2020» pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun innovatsion vositalar va yechimlarni topish tanloviga taqdim etishdi va final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Bu haqda universitetning matbuot xizmati xabar beradi.

Inqirozga qarshi qaratilgan tanlovda 600 dan ortiq arizachilar Sog‘liqni saqlash, Aholining muhtoj qatlamiga ko‘maklashish, Kichik biznes va bandlikni qo‘llab-quvvatlash, Ta’lim, Bo‘sh vaqt va boshqa shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qatnashdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra tashkilotchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha uchta eng yaxshi ishtirokchilari tanlab olindi.

IT-Park matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 5ta eng yahshi loyiha g‘olib deb topildi:

  • «Hayot xaritasi» – yordamga muhtoj bo‘lganlar va ko‘ngillilar aloqaga kirishishlari uchun platforma.
  • «Birdamlik» loyihasi muhtoj odamlarning arizalarini to‘plash uchun sayt va telegram-bot.
  • «Human House» onlayn maktabi O‘zbekistonning me’morchiligi, arxeologiyasi, urf-odatlari, etnografiyasi, amaliy san’ati bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazish uchun platforma.
  • «Cambridgeonline.uz» platformasi – bu ta’lim muassasalari va o‘qituvchilar uchun tas-ix tizimida dars o‘tishga moslashgan B2B mahsulotidir.
  • «Aqlli niqob» – bu harorat, yo‘tal, nafas olish qiyinlashuvi va qondagi kislorod miqdorini tekshiruvchi niqob. Olingan ma’lumotlar maxsus algoritm yordamida Covid-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning alomatlari bilan taqqoslanadi va taxminiy tashxis qo‘yiladi.

«Covid-19 Challenge 2020» g‘oliblari o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ oladilar, tanlov tashkilotchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadilar, shuningdek loyihalarni to‘liq amalga oshirishda yordam berish uchun mentorlardan texnik yordam oladilar. Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b.rektori Muzaffar Djalalov talabalarni bunday muhim musobaqadagi g‘alabasi bilan tabrikladi va kelajakda barcha ishlarda yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Tanlov tashkilotchilari: BMT TDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT-park, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi «Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy, o‘rta va maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash markazi, Raqamli ishonch fondi, Jahon banki va loyiha koordinatori EXHTning O‘zbekistondagi vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring