Kuvaytda koronavirus tufayli pul karantinga joylandi
Kuvayt Markaziy banki qog‘oz pullar orqali yangi koronavirus tarqalmasligini kafolatlash maqsadida ularni yopiq qutilarda to‘rt haftagacha karantinda saqlashini e’lon qildi, deyiladi Markaziy bank saytidagi axborotda.
«Kuvayt Markaziy banki mavjud banknotlar pul aylanmasiga qayta qo‘yilganda koronavirus yo‘qligini kafolatlash maqsadida ular izolyasiya qilingan va zich yopilgan qutilarda to‘rt haftagacha saqlanishini hamda aylanmaga qo‘yilmasligini tasdiqladi», — deydi bank xodimi.
Bundan tashqari, Kuvayt Markaziy banki aholi va bank xodimlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida pul qabul qilinadigan, saralanadigan va saqlanadigan joy muntazam sterilizatsiya qilinayotganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter