Qozog‘istonda nechta odam koronavirusni yuqtirishi mumkinligi taxmin qilindi
Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni bu yil yozda 3,5 mingdan oshmaydi, deya umid qilmoqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Britanov.
«RIA Novosti»ning yozishicha, Qozog‘istonda 302 ta koronavirus holati tasdiqlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. 16 martdan boshlab mamlakatda favqulodda holat tartibi amalda. 19 martdan Nursulton va Olmaota karantinda. 30 martdan yana oltita shahar karantinga olingan: Atirau, Karaganda, Temirtau, Saran, Shaxtinsk va Abay. Bir qator viloyatlarda ham cheklovchi karantin choralari ko‘rilgan.
«Agar uch oylik davr — mart-aprel-mayni oladigan bo‘lsak, Qozog‘istonda kasallikni yuqtiruvchilar soni 3,5 mingdan oshmasligiga umid qilamiz. Shundan kelib chiqib kuch va mablag‘imizni hisobga olamiz», — deydi u dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda.
Britanovning hisob-kitoblariga qaraganda, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan karantin choralari va yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda mamlakatda epidemiyaning eng yuqori nuqtasi aprelda o‘tib ketadi.
«Umuman olganda, epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisidan aprelda o‘tamiz deb o‘ylayman. Keyinchalik Qozog‘istonda infeksiya yuqish sonini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida karantin choralarini davom ettiramiz», — deb ta’kidladi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter