Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni 44 nafarga yetdi
Koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirganlarning yetti nafari Qozog‘iston poytaxtida qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 44 nafarga yetdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
«Nursulton shahrida yana yettita koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatda 44 ta koronavirus holati ro‘yxatga olingan», — deb yozadi «RIA Novosti».
Press-relizda yozilishicha, 19 tasi Olmaotada, 25 tasi Nursultonda qayd etilgan.
Payshanba kuni Nursulton va Olmaotada koronavirus tufayli karantin joriy etildi. 16-martdan beri mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter