Qozog‘istonda bir kunda 6500 nafardan ziyod kovid-bemor aniqlandi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-iyul kuni mamlakat bo‘yicha 6521 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Eng ko‘p bemorlar poytaxt Nursulton (1522 nafar), Olmaota (1080) va Chimkent (507)da qayd etilgan.
Mamlakatda pandemiya davrida virusni yuqtirganlar jami soni 522 638 nafarga yetdi. Shulardan 444 239 nafarini sog‘ayganlar tashkil etadi.
Qo‘shni mamlakatda epidemiologik holat tanglashmoqda, Nursultonda 26-iyuldan ayrim karantin cheklovlari kuchga kirishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter