Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston koronavirus bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi

Qozog‘iston koronavirus bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi

Foto: «Kazakhstanlife.ru»

Qozog‘istonda o‘tgan bir kecha-kunduzda 1 544 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi. Umumiy kasallanganlar soni 86 192 kishiga yetdi, deya xabar berdi bugun, ya’ni 29-iyul kuni maxsus komissiya.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 56,6 ming kishidan oshdi. Mamlakatda 793 ta o‘lim holati qayd etilgan.

«Yana 1 544 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati ro‘yxatga olindi, ulardan 784 nafari alomatli, 760 nafari alomatsiz tashuvchilar hisoblanadi», — deyiladi komissiyaning Telegram-kanalidagi xabarida.

Eng ko‘p Olmaota (271) va Nursultonda (250) aniqlangan.

«Worldometer»ning koronavirus bo‘yicha tuzgan reytingiga ko‘ra, Qozog‘iston 26, Xitoy 27-o‘rinda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 84 060 kishiga yetgan. Shundan 4 634 nafari vafot etgan, 78 944 nafari tuzalgan. Qolgan 482 kishi shifoxonada davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring