Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizil», «sariq» va «yashil» hududlarning yangi talablari belgilandi

«Qizil», «sariq» va «yashil» hududlarning yangi talablari belgilandi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Shu bilan birga 2020-yil 15-maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

🔴 «qizil» toifadagi hududlarda:

➖ yakka tartibdagi hunarmandchilik;

➖ avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;

➖ elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;

➖ ijara va lizing xizmatlari;

➖ buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish;

🔴 «sariq» toifadagi hududlarda «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

➖ rieltorlik faoliyati;

➖ reklama va marketing faoliyati;

➖ xususiy bandlik agentliklari faoliyati;

➖ mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;

➖ park va istirohat bog‘lari (attraksionalar, ko‘ngilochar ob’yektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;

🔴 «yashil» toifadagi hududlarda «sariq» va «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

➖ ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingoxlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

➖ kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;

➖ muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

➖ veterinariya xizmatlari;

➖ binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring