Qirg‘izistonda rekord darajada koronavirus holati qayd etildi
Qirg‘izistonda bir kecha-kunduzda 205 ta koronavirus holati aniqlandi: bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
«2020-yil 22-iyun holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 205 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi, ulardan 82 nafari — Bishkekda aniqlandi», — dedi shtab vakili. Bu pandemiya boshlangandan buyon Qirg‘izistonda bir kecha-kunduzda qayd etilgan eng yuqori kasallanish holatidir.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, tunov kuni COVID-19 ni yuqtirgan uch nafar bemor vafot etdi: 1952-yilda tug‘ilgan erkak, 1952 va 1960-yillarda tug‘ilgan ikkita ayol. O‘tgan bir kecha-kunduzda 10 ta bemor shifoxonadan tuzalib chiqdi.
Shtabning ma’lum qilishicha, kasallikni yangi yuqtirganlar orasida 26 nafar tibbiyot xodimi ham bor. Koronavirus pandemiyasi davrida sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining jami 582 nafarida koronavirus qayd etilgan.
Shu tariqa, bugungi kunga kelib, Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 3356 kishiga yetdi. Shulardan 2021 nafari shifoxonadan tuzalib chiqqan bo‘lsa, 40 kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter