Qirg‘izistonda bir kunda 73 kishi koronavirusdan vafot etdi

Qirg‘izistonda bir kunda 73 kishi (kasalxonadan tashqari pnevmoniya ham qo‘shilganda) koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda «Kabar.kg» respublika kovidga qarshi kurashish shtabiga asoslanib xabar berdi.
O‘lim holatlarining hududiy taqsimoti: Bishkek — 22; viloyatlar: Jalolobod — 19, O‘sh — 15, Norin — 7, Botken — 5, Chu — 2, Talas — 2, Issiqko‘l — 1.
Qirg‘izistonda pandemiya davrida jami qurbonlar soni 858 nafarga yetgani aytilmoqda.
Eslatma: Qirg‘izistonda koronavirus statistikasi boshqacha yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter