Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda 100 dan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi

Qirg‘izistonda 100 dan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi

Foto: «Yandex.ru»

Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari soni 104 nafarga yetdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Bir kecha-kunduzda 5 nafar tibbiyot xodimida COVID-19 tasdiqlangan bo‘lib, ulardan to‘rttasi Bishkekda», — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kecha-kunduzda respublikada jami 17 kishi koronavirusga chalindi. Shu tariqa kasallikni yuqtirganlar soni 466 nafarga yetgan. 5 kishi vafot etgan. 11 nafar bemorning ahvoli og‘ir. Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 7,5 ming kishi bilan aloqada bo‘lishgan. Bemorlarning 91 foizi tuzaldi.

Kasallik tarqalgani bois respublikada favqulodda holat tartibi joriy etilgan. Bir qator shaharlar, jumladan, poytaxtda — favqulodda holat tartibi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring