Qaysi yoshdagilar koronavirusdan eng ko‘p kasallanishi ma’lum qilindi

SSV matbuot xizmati mamlakatimizda ro‘yxatga olingan koronavirusdan kasallanish holatlarining yoshma-yosh tahlili sentyabr va oktyabr oyining o‘n kunligida quyidagicha bo‘lganini ma’lum qildi:
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 16 foiz;
- 15-19 yoshdagilar 6 foiz;
- 20-29 yoshdagilar 14 foiz;
- 30-39 yoshdagilar 19 foiz;
- 40-49 yoshdagilar 13 foiz;
- 50-59 yoshdagilar 12 foiz;
- 60 yosh va undan kattalar 20 foiz.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Zangiota 1- va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida 333 nafar og‘ir, 224 nafar o‘ta og‘ir bemor davolanmoqda.
Ushbu muassasalardagi jami bemorlarning 172 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 117 nafari esa homilador ayollardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter