Qaysi yosh toifalari koronavirusga ko‘proq chalinmoqda?
![Qaysi yosh toifalari koronavirusga ko‘proq chalinmoqda?](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3893898234.jpg)
Ayni paytda mamlakatimiz hududida ro‘yxatga olinayotgan koronavirusdan kasallanganlarning yoshma-yosh tahlili quyidagicha:
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13-15 foizni;
- 15-19 yoshdagilar 4-6 foizni;
- 20-29 yoshdagilar 11-14 foizni;
- 30-39 yoshdagilar 17-20 foizni;
- 40-49 yoshdagilar 10-15 foizni;
- 50-59 yoshdagilar 12-16 foizni;
- 60 yosh va undan kattalar 22-26 foizni tashkil etmoqda.
Bu haqda bugun o‘tkazilgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida Cog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev ma’lumot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter