Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi qadamingni o‘ylab bos! Toshkentda 500dan ortiq «post» tashkil etildi

Endi qadamingni o‘ylab bos! Toshkentda 500dan ortiq «post» tashkil etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida «Jamoatchilik nazorati maskani» tashkil etildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday maskanlarda faoliyat yuritish uchun mahalla raisi, hududga qarashli profilaktika inspektori va uning yordamchisi, Fidokor yoshlar guruhi a’zolari hamda mahalla faollaridan iborat guruh tuzilgan.

Har bir guruhga karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘ta zarurat yuzaga kelgandagina (kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon sotib olish) ko‘chaga chiqishlarini hamda niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini to‘liq nazorat ostiga olish vazifasi topshirilgan.

«Jamoatchilik nazorati maskani» a’zolari tunu-kun mahallalarda yurib, fuqarolarning zaruratsiz tashqariga chiqmasligi va karantin tartib-qoidalariga amal qilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring