Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pfizer va Moderna vaksinalar narxini oshirdi

Pfizer va Moderna vaksinalar narxini oshirdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari Pfizer va Moderna Yevropa Ittifoqi uchun preparatning bir dozasi narxini ko‘tarishdi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Pfizer kompaniyasi preparatining bir dozasi narxi 15,5 yevrodan 19,5 yevrogacha ko‘tarilgan. Moderna kompaniyasi preparatining bir doza narxi, shartnomaga muvofiq, 25,5 AQSh dollarini tashkil qiladi. Manbalarga ko‘ra, ilgari uning narxi 22,6 dollarni tashkil etgan, deb yozadi nashr.

Gazetaning ta’kidlashicha, kompaniyalar Yevropa Ittifoqidagi narx siyosati haqida izoh berishdan bosh tortishdi.

Ikki kun avval O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelingani haqida xabar bergandik.

«Vaksina.uz» kanalining yozishicha, Toshkent shahridagi ayrim oilaviy poliklinikalarda mazkur vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring