Pekindagi 55 kunlik sukut buzildi — aholi orasidan koronavirus chiqdi
![Pekindagi 55 kunlik sukut buzildi — aholi orasidan koronavirus chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/9/720_460_95_492265075.jpeg)
Koronavirus tugab ketganiga 55 kun bo‘lgan Pekin (Xitoy)da aholi orasida koronavirus qayd etildi. Bu haqda «Global Times» xabar berdi.
Pekinlik erkak va uning oila a’zolaridan yana ikki nafari maxsus shifoxonaga keltirilib, nazoratga olingan.
52 yoshli bu erkak kasalxonaga velosipedda borib, tana harorati yuqoriligidan shikoyat qilgan. U niqobda edi.
Uning aytishicha, oxirgi ikki hafta davomida Pekindan hech qayoqqa chiqmagan, begonalar bilan muloqotda bo‘lmagan. Sovuqqa sezuvchanligi oshib ketib, darmonsizlikdan qiynalmoqda. Biroq yo‘tal tutmayapti, tomog‘i va ko‘kragida og‘riq yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter