Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Payriqda 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Payriqda 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Samarqand viloyati, Payariq tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tumanda 28 nafar fuqaroda virus aniqlangan.

Bemorlarning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi, 3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o‘quvchisi, 4 nafari pensiyadagi insonlardir.

Kecha, 30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonadonlarida epidemologik surishturuv ishlari olib borildi. 736 nafar fuqaroning tana harorati o‘lchanib, shundan 5 nafarida tana harorati ko‘tarilgani aniqlandi.

162 nafar fuqarodan koronatest olindi va 186 ta xonadonda dezinfeksiya ishlari olib borildi. 17 ta xonadon 14 kunlik karantinga olindi.

Tumanda 51 ta ma’muriy bino, 52 ta savdo do‘koni,16 ta go‘sht do‘koni, 34 ta dorixona, 6 ta yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oshxonalar, 4 ta ko‘p qavvatli uylarning kirish yo‘laklari va bolalar o‘yin maydonchalarida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

Markazda 234 ta yengil avtomobillarda zararsizlantirish ishlari bajarildi.

Tumanda tashkil etilgan Lazzat manzilgohi, Imom Buxoriy, Yangihayot, Qumchuq mahallalari va Payariq shahriga kirish hamda chiqish postlarida navbatchilik tashkil etilgan bo‘lib dezinfeksiya tadbirlari to‘liq amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring