«Pashshadan fil yasamaslikka» chaqirgan Elon Mask $5,5 milliard zarar ko‘rdi
Amerikalik tadbirkor va muhandis Elon Mask yaqinda tvitter-akauntida koronavirusni deb vahimaga tushish g‘irt bema’nilik, deb yozgandi. Ammo oqibatda shu virusdan eng ko‘p zarar ko‘rganlardan biri uning o‘zi bo‘lib chiqdi — bir hafta ichida 5,5 milliard dollar.
Fond bozorlaridagi qulashni deb (sababi nimaligi barchamizga ayon) «SpaceX» hamda «Tesla» asoschisi boyligining beshdan biridan ayrildi. Endi Mask eng boy insonlar ro‘yxatida 31,1 mlrd. dollar bilan 26-o‘rinda.
Shunga qaramasdan, OAV xabarlariga ko‘ra, 15-mart kuni Mask «SpaceX» xodimlariga yo‘llagan murojaatida o‘z ishchilari orasida koronavirusga chalinish ehtimolini shubha ostiga qo‘ydi. Maskning yozishicha, ular (xodimlar)ning koronavirusdan ko‘ra avtohalokatda o‘lishi ehtimoli yuqori ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter