Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyaga oz qoldimi? Vaksinalar omborlarga yetkazilmoqda

Pandemiyaga oz qoldimi? Vaksinalar omborlarga yetkazilmoqda

Pfizer farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinalari AQSh va Yevropadagi omborlarga yetkazib berila boshlandi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, nazorat organlaridan tegishli ruxsat olgandan so‘ng, aholini emlashni darhol boshlash uchun joylarda zaxira yaratishga qaror qilingan. United Airlines aviakompaniyasi allaqachon vaksinani charter reyslarda Michigan va Belgiyadagi omborlarga yetkazib berishni boshladi. Keyinroq Viskonsin va Germaniyaga reyslar boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda aholini koronavirusga qarshi emlash 11 yoki 12-dekabrdan boshlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring