Pandemiya sabab xavf ostida qolgan kasblar ma’lum qilindi
Koronavirus pandemiyasidan so‘ng turizm, moda va maishiy ovqatlanish sohasi xodimlari ish joylarini yo‘qotish xavfi ostida, deyiladi Rossiyaning Progressiv ta’lim instituti tadqiqotida.
Shuningdek, fitness markazlari ba’zi mijozlarini yo‘qotishi mumkin, natijada ayrim murabbiylar yangi ish qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq odamga yuqishga ulgurgan COVID-19 infeksiyasining tarqalishi ish o‘rinlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish jarayonini kuchaytirdi. Shu sababli, kichik tahlilchilar, yuridik maslahatchilar, bank menejerlari, farmatsevtlar, riyeltorlar, event-menejerlar, tarjimonlar, o‘qituvchilar va repetitorlar kasbi ham xavf ostida qolishi mumkin.
HeadHunter portali ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida tibbiyot va farmatsevtika, xavfsizlik va davlat xizmati, uy xizmatchilari va ishchilari, shuningdek, qurilish va ko‘chmas mulk sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari soni ko‘paygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter