Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya davrida restoranlarning yangicha ishlash usuli (video)

Pandemiya davrida restoranlarning yangicha ishlash usuli (video)

Foto: «Lenta.ru»

Niderlandiyadagi restoran koronavirus pandemiyasi davrida o‘rnatilgan xavfsizlik talablariga mos ravishda yangicha ishlash usulini namoyish etib berdi. Video tasvir «Ruptly»ga joylangan.

Gap Amsterdamdagi «Mediamatic» muassasasi haqida bormoqda. Saytga joylangan kadrlarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar ijtimoiy masofa me’yorlariga ko‘ra o‘rnatilgan oynavand xonalarga o‘tirishdi. Shaxsiy himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan xodimlar yaqin aloqada bo‘lmaslik uchun mijozlarga uzun yog‘och yordamida xizmat ko‘rsatishmoqda.

Muassasa xo‘jayini Villem Veltxovenning aytishicha, restorandagi barcha joylar 20-maygacha oldindan band qilib qo‘yilgan.

«Bir kunning o‘zida 240 ta buyurtma qabul qildik», — dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada 41 087 kishi COVID-19 ga chalingan. 250 nafar bemor shifoxonadan chiqarilgan, 5168 nafar infeksiya tashuvchisi vafot etgan. Umuman olganda, mamlakatda koronavirus tarqalishi aprelning oxirida kamaygan, bosh vazir Mark Ryutte ba’zi karantin qoidalari yengillashtirilganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring