Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta: qurbonlar soni haftasiga 100 ming nafardan oshdi

Pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta: qurbonlar soni haftasiga 100 ming nafardan oshdi

Foto: «PARK72»

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi marta qurbonlar soni haftasiga 100 ming nafardan oshdi. Barcha o‘lim holatlarining to‘rtdan bir qismi har kuni qariyb 3,5 ming qurbon berayotgan AQShga to‘g‘ri kelmoqda.

Pandemik vaziyat dunyoda keskinligicha saqlanib turibdi, shu bois dunyo mamlakatlari cheklovlarni kuchaytirmoqda. 

Xususan, Kanada mamlakatga kirish qoidalarini qattiqlashtirmoqda, endi chegaraning o‘zidayoq koronavirusga test topshirish talab etiladi.

Yevropaning ayrim mamlakatlari esa xorijliklar uchun yopilmoqda. Fransiya Yevropa ittifoqidan tashqari mamlakatlardan kirishni taqiqlagan bo‘lsa, Chexiya barcha chet elliklar uchun chegaralarni yopdi. Shu boisdan poytaxt Pragada koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Gretsiyada esa uch oydan beri davom etayotgan yalpi karantin yana bir haftaga cho‘zildi.

«Worldometer»ga ko‘ra (30.01.2021, 10:00), jahonda koronavirusga chalinganlar soni 102 635 172 nafarga yetdi: sog‘ayganlar — 74 329 275, vafot etganlar — 2 216 418 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring