O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 1 mln.dan oshdi

17-iyulda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 124 179 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 98 702 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 14 518 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 10 959 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 5 645 153 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 3 544 032 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1 534 789 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 566 332 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 007 993 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter