Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning prognozi yaxshi edi-ya, esiz... Singapur universiteti barcha grafiklarni o‘chirib tashladi

O‘zbekistonning prognozi yaxshi edi-ya, esiz... Singapur universiteti barcha grafiklarni o‘chirib tashladi

Foto: SUTD

Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) COVID-19 pandemiyasi turli mamlakatlarda qancha vaqtda nihoyasiga yetishini hisoblab chiqqan, jumladan, O‘zbekiston may oyidayoq koronavirusdan forig‘ bo‘lishi grafikda ko‘rsatib berilgandi.

Ammo universitet olimlari ayni paytda o‘zgarib borayotgan vaziyatdan kelib chiqib, ilgari o‘zlari qilgan barcha hisob-kitoblar kuchini yo‘qotganini ma’lum qilishdi. Buning isboti sifatida universitet o‘z saytiga joylagan barcha grafiklarni o‘chirib yuborib, endi e’tiborni boshqa tadqiqotlarga qaratishni so‘radi.

Singapurlik olimlar boshidayoq har qanday prognozlarga hushyor bo‘lishga chaqirishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring