Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kirib kelish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi

O‘zbekistonga kirib kelish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan quyidagi yangi tartib o‘rnatildi: 

  •  O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoki chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress test olish tartibi 2021-yilning 15-martidan boshlab bekor qilindi;
  •  Havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatanoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etishi talab etiladi;
  •  Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.

Bunda:

Koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi hamda va temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin tegishli avia yoki temir yo‘l kompaniyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida esa, tegishli aeroport, temir yo‘l vokzali hamda avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat ko‘rsatuvchi sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan nazorat qilinadi.

Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi natijasida musbat natija qayd etilgan hollarda belgilangan tartibda tegishli hududda joylashgan tibbiyot muassasalariga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasining So‘x tumani, Shoximardon, Cho‘nqara Toshtepa aholi punktlariga kirishda hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasi tomon tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi.

2021-yilning 25-martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilardan faqat tan olingan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi. 

Bunda, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tan olingan laboratoriyalarning (kamida 10 ta) ro‘yxati shakllantiriladi.

Shuningdek, mamlakatga kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan elektron tizimida viza olish uchun arizalar qabul qilinishi qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring