O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 3-samolyot yetib bordi
Bugun, 23-aprel kuni O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordamining uchinchi partiyasi yetib bordi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib «Sputnik» xabar qildi.
Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami ortilgan 3-samolyot Vnukovo aeroportiga borib qo‘ngan.
Avvalroq O‘zbekistondan Rossiyaga 5 million dona tibbiyot niqoblari yetkazib bergani xabar qilingan edi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ushbu yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter