Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana yetti kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana yetti kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 10-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2418 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 10:00 holatiga ko‘ra 24 kishida, soat 15:00 holatida yana 38 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi. Shunday qilib, kun davomida kasallik aniqlanganlar umumiy hisobda 69 kishiga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi kunda kasalliklar asosan xorijdan olib kelingan fuqarolarda qayd etilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring