Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kovidning xavfli shtammi keng tarqalgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda kovidning xavfli shtammi keng tarqalgani ma’lum qilindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlarini o‘rganish natijalarini e’lon qildi.

Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, «delta» shtammining ulushi 82 foizni tashkil etadi, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «alpha» (10,3%) va 20A (7,7%) shtammlari egallashdi.

Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahloxon Turdiqulova e’lon qilingan ma’lumotlarga izoh berar ekan, shunday dedi:

«So‘ngi haftalarda koronavirusning «delta» varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan to‘rtidan oshdi. «Hind shtammi» deb nomlanuvchi virus turi «Uxan» va «Britaniya» versiyalariga qaraganda ko‘pincha kasallikning og‘ir shakllariga olib kelishi havotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan o‘zgartiradi: afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubatsiya davri qisqarib, sog‘liq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi. Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali. Emlanganlar kamdan-kam hollarda kasallikka uchragan taqdirlarida ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19’ni yengil o‘tkazadi. Buni 24-avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi».

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 delta varianti aniqlangan koronavirus shtammlari orasida eng yuqumlisi hisoblanadi. «Delta» shtammi SARS-CoV-2’ning boshqa shtammlaridan antitanalarga chidamli bo‘lgan bir nechta mutatsiyalar majmui bilan farq qiladi. Xususan, P681R mutatsiyasida genomning «hindcha» versiyasining bir qismi mavjud bo‘lib, u hujayralarga kirib borishi uchun javob beruvchi virusli konvert oqsillarini kodlaydi. Shunday qilib, bu mutatsiya umumiy yuqishni kamaytiradi, uning oqsillarining hujayra membranasi bilan birlashish tezligini oshiradi, shuningdek virusning hujayralar o‘rtasida tarqalishini tezlashtiradi. Bularning barchasi virus zarralarini antitanalar tomonidan tan olinishi va zararsizlantirish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi, bu uning butun tanaga tez tarqalishiga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring