IIV: Karantin qoidalarini buzish holatlari oshdi

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 59 921 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Ular:
- Toshkent shahrida – 10 100 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 8 588 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 8 644 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 5 712 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 4 381 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 188 ta holat;
- Andijon viloyatida – 3 457 ta holat;
- Namangan viloyatida – 3 416 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 2 412 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 187 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 115 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 053 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 997 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 671 ta holatni tashkil etmoqda.
Misol uchun, 13-aprel kuni Toshkent shahrida yashovchi 1963-y.t. V.L. o‘zining xonadonida 1991-y.t. V.G. hamda A.Sh.larni yig‘ib, spirtli ichimlik ichib, karantin qoidalarini buzganliklari aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilganlar.
13-aprel kuni Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida yashovchi 1974-y.t. O.X. va Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1996-y.t. O.K.lar ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter