O‘zbekistonda bugunga qadar 12 484 ta karantinni buzish holati aniqlandi
Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 12 484 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qoidabuzarliklar hududlar kesimida:
- Toshkent shahrida – 2 150 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 1 001 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 117 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 624 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 1 330 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 657 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 826 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 239 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 456 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 1 681 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 221 ta holat;
- Namangan viloyatida – 979 ta holat;
- Andijon viloyatida – 717 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 486 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
29-mart kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, «Eski Qovunchi» qishlog‘ida yashovchi S.M. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlanib, MJtKning 54-1-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 1965-y.t. A.Sh. 27-mart kuni hudud profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan ogoxlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, «Kuyov navkar» to‘y marosimini o‘tkazganligi aniqlanib, JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter