Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston COVID-19ning ikkinchi to‘lqiniga hozirlanmoqda – vazir

O‘zbekiston COVID-19ning ikkinchi to‘lqiniga hozirlanmoqda – vazir

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uchrashuvda vazir hozirda vaziyatning barqarorligi xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytgan. Boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 150 dan ortiq shifoxonadan ayni paytda 40 ga yaqini faoliyati ko‘rsatayotgani, qolganlari zarurat tug‘ilganda yana koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilishlari uchun saqlab qolingani qayd etildi.

Manish Prabxatning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Hindiston koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida. Elchi kelajakda O‘zbekiston aholisi uchun ham ushbu hind vaksinalari foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring