Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ma’lum qilindi

O‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ma’lum qilindi

Foto: «Welcome-online.ru»

2020-yilning 6-oktyabr kuni mamlakatimizda 365 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 489 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo hamda Navoiy viloyatlarida 414 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 443 nafar bemordan 56 165 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 789 nafar bemordan 325 nafari og‘ir, 165 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring