Oshxonalar va avtobuslarda cheklovlar bo‘ladi. Jarimalar kuchaytiriladi
Respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonga «afrikancha shtamm» ham kirganini qayd etgani, ertadan boshlab karantin choralari kuchaytirilishi haqida xabar qilingandi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha karantin nazorati, jarimalar kuchaytiriladi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rindiqlar bandligi 50 foizgacha cheklanadi, xo‘randalar soni 100 nafardan oshmasligi nazorat qilinadi. Avtobuslarda ham o‘rindiqlar uchun 50 foizlik cheklov joriy etilib, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.
Bosh vazir ko‘chma brigadalar hamda dorilar zaxirasini yaratish bo‘yicha ham topshiriq bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter