Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona sutida koronavirus aniqlandimi?

Ona sutida koronavirus aniqlandimi?

Foto: «Zen.yandex.com»

Emizganda onadan bolaga COVID-19 yuqish xavfi hozircha aniqlanmadi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining onalar, chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar salomatligi departamenti direktori Anshu Banerji. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Biz ona sutida virus zarralarini aniqladik, ammo ona sutida tirik virusni topolmadik. Shunday ekan, onadan bolaga virus yuqish xavfi hozircha aniqlanmadi», — dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 7,4 million kishi kasallangan bo‘lib, ulardan 418 ming nafari vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring