Omikron shtammining asosiy simptomlaridan biri ma’lum qilindi
Kuchli charchoq koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanishning asosiy belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti endokrinologi Zuhra Pavlova Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Biroq, bu alomat turli kasalliklarga xosdir, deydi mutaxassis. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan odam uchun charchoq hissi qachon haddan tashqari ish bilan bog‘liqligini va qachon kasallik bilan bog‘liqligini aniqlash qiyin», —deya ta’kidlagan shifokor.
Tekshiruvdan so‘ng shifokor «bu shunchaki zerikish natijasi, quyosh nuri yetishmasligi yoki to‘plangan jismoniy charchoq emas, balki boshlangan yoki progressiv kasallikning alomatlari» ekanligini aniqlashi mumkin.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus infeksiyasi ko‘plab tana tizimlari ishida jiddiy buzilishlarga olib keladi. Infeksiya yuqtirilganda paydo bo‘ladigan charchoq hissi immunitet tizimidagi, miya ishida yoki asab tizimining to‘qimalarida jiddiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
«Qonning xususiyatlari o‘zgaradi, bu ko‘plab organlarning qon ta’minotini buzadi, shuning uchun biz o‘zimizni jismonan zaif his qilamiz. Bularning barchasi mushaklarning zaiflashuvi bilan birga kechadi», — deya tushuntirgan Pavlova.
Endokrinolog kuchli charchoq kabi alomat paydo bo‘lganda, COVID -19 uchun PZR testidan o‘tishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter