Olmaotada karantin kuchaytirildi
Qozog‘istonning katta shaharlaridan birida cheklov va karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Qozog‘iston OAVda xabar berildi.
Jamoat transporti ish kunlari — odatdagi jadvalga muvofiq, dam olish kunlari va bayram kunlari ertalab — soat 6:00 dan 10:00 gacha; kechqurun — soat 17:00 dan 22:00 gacha ishlaydi. Bu haqda Qozog‘iston OAVda xabar berildi.
Savdo-ko‘ngilochar markazlari, savdo markazlari dam olish kunlari, bayram kunlari — soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlamaydi; ish kunlari — soat 10:00 dan 21:00 gacha.
Oziq-ovqat do‘konlari, minimarketlar soat 06:00 dan 24:00 gacha ishlaydi, oziq-ovqat bozorlari dam olish kunlari ishlamaydi.
«Medeu» konki maydoni ommaviy uchish uchun to‘liq yopiladi, «Shimbuloq» tog‘ kurorti umumiy ovqatlanish ob’yektlari soat 21:00 gacha faqat yozgi maydonlarda ishlaydi.
Shuningdek, viloyatlararo va shahardagi nomuntazam (turistik) tashishlar taqiqlanadi.
Kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari va sirk o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Ushbu qaror 20-martdan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter