Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotada 147 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan shifoxona bosh shifokori ishdan bo‘shatildi

Olmaotada 147 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan shifoxona bosh shifokori ishdan bo‘shatildi

Foto: «Ainews.kz»

Olmaota markaziy shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori Almaz Juvashev mazkur muassasada tibbiyot xodimlari orasida koronavirus tarqalib ketgani uchun ishdan bo‘shatildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Avvalroq boshqarma boshlig‘i Tleuxan Abildayev seshanba kuni shifoxonaning 110 nafar tibbiyot xodimida koronavirus tasdiqlanganini ma’lum qilgandi. Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, shu tariqa shifoxona tibbiyot xodimlari orasida kasallanganlar soni 147 nafarga yetgan.

«Shifoxona bosh shifokori Almaz Juvashev 14-aprel kuni ishdan bo‘shatildi, u o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi», — deya ma’lum qildi matbuot xizmati.

Qozog‘istonda 1267 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 14 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakatda koronavirus tufayli joriy etilgan favqulodda holat tartibi 2020 yil 1-may soat 07:00 gacha uzaytirilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring