Olimlar koronavirusning xavfli asoratlari alomatlarini ma’lum qilishdi
AQShda Meyo klinikasi mutaxassislari koronavirus infeksiyasiga haddan tashqari immunitet reaksiyasi natijasida kelib chiqadigan yallig‘lanish sindromi alomatlarini ma’lum qilishdi, deya xabar beradi «Medical Xpress» nashri.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu kasallik bolalarda ham, kattalarda ham virus aniqlangandan keyingi bir necha hafta ichida, uning asosiy belgilari o‘tganida paydo bo‘lishi mumkin. Alomatlariga tana va a’zolarning turli qismlari yallig‘lanishi kiradi. Ular shish, ba’zan qizarish va og‘riq bilan kechadi.
Yana bir alomati bir kundan ortiq davom etadigan isitma, shuningdek, qayt qilish, qorin og‘rig‘i, teridagi toshmalar, ko‘z, lab va til qizarishi bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, o‘tkir qorin og‘rig‘i, ko‘krak qafasi og‘rig‘i, yurak urishi tezlashishi, nafas qisishi, yuz va lablarning ko‘karishi shoshilinch alomatlar hisoblanadi. Bemor teridagi toshma va oyoq-qo‘llarining shishishidan shikoyat qilishi, shuningdek, bemorning tasavvurlari chalkashib ketishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter