Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusning yangi alomatini aniqlashdi

Olimlar koronavirusning yangi alomatini aniqlashdi

AQShning Massachusets shtatidagi shifoxona tadqiqotchilari Xalqaro Dermatologik jamiyatlar ligasi va Amerika dermatologiya akademiyasi bilan hamkorlikda tajriba o‘tkazdilar. Ular koronavirusni o‘tkazganlar ko‘proq teri kasalliklariga duch kelishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda  «Telegraph» nashri xabar bergan.

Mutaxassislar  mingdan ortiq holatlarini teriga ta’sirini tekshirdilar. Ularning uchdan birida taxminan ikki hafta davomida  alomatlar mavjud bo‘lgan. Bir nechta bemorlarda belgilar 60 dan 130 kungacha saqlanib turgan.

Bundan tashqari, olimlar COVID-19 Xalqaro Dermatologik reyestrida teri kasalligi alomatlari bilan kasallanganlar haqida ma’lumot topdilar. Bemorlarning taxminan yarmida oyoqlarning yallig‘lanishi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring