Olimlar yengil kovidning og‘ir asoratlarini topishdi
Belgiya va Niderlandiya olimlari yengil ko‘rinishdagi koronavirusdan bemorlar qanday tiklanishayotganini ko‘rsatuvchi tadqiqot o‘tkazishdi. Xulosalar ancha xavotirli, ko‘pchilikda hafta, hatto oylar o‘tib asoratlar yuz ko‘rsatishni boshlaydi.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, shifokorlar kovidning yengil shakliga chalingan bemorlarga uncha jiddiy qarashmaydi. Kasallik yengil kechgani bilan kelgusida qoldiradigan asoratlari og‘ir, deyishmoqda olimlar. Aksariyat bemorlarning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘ladi, xususan, toliqish, mushaklarning kuchsizlanishi, uyqusizlik, og‘riqlar. Ayrimlarda mehnat unumdorligi pasayib ketadi. Yuqorida sanalgan muammolar yengil koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda oradan uch oy o‘tib kuzatila boshlangan.
Xorijiy mutaxassislarning fikricha, COVID-19 simptomlari kuzatilgan bemorlarga surunkali koronavirus infeksiyasi tashxisini qo‘yish lozim. Qolaversa, ular uchun reabilitatsiya metodlarini ishlab chiqish taklif etilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter